128

Akademiya vakillari talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivalida qatnashdilar

Bugungi kunda turli mafkuraviy xurujlardan himoyalanish, asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an’analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda poytaxtimizdagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida “Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali, milliy va etno sport turlarining ko‘rgazmali chiqishi” nomli festival o‘tkazildi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi Akademiya vakillari ham faol ishtirok etdilar.

Akademiya talabalari tomonidan Buxoro viloyatiga xos jihatlar, hudud madaniyati, urf-odatlari hamda taomlari aks etgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Talabalar etno, milliy va xalq o‘yinlarida bellashdilar.

Tadbir davomida milliy qadriyatlar – millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, anʼanalarini, jamiki moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab olishi bilan murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa sifatida namoyon boʻlishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish