123

Akademiya vakillari “Milliy qadriyatlar sayli”da faol ishtirok etdi

Bugun poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi boshlandi.

Mazkur tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchi yoshlar, ijodiy tashkilotlar vakillari qatnashdi. 

Marosimni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Sayil davomida oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan hududlarning milliy urf-odat va qadriyatlari ko‘rgazmalari, qisqa konsert dasturlari tadqim etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etib, talabalar tomonidan Surxondaryo viloyatining folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Gʻazal va sheʼrlar aytildi, kuy-qoʻshiqlar jarangladi, shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etildi.

Eslatib o‘tamiz, “Milliy qadriyatlar sayli” 25-aprelga qadar davom etadi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish