127

Yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilish ustuvor maqsad

Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlikdek go‘zal g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar esa har daqiqa ogohlikka undaydi. 

Ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar esa buzg‘unchilikni maqsad qilgan kimsalar nishoniga aylanayotgani ham hech kimga sir emas. Ularning ongiga sof islom dini ta’limotiga zid aqidalarni singdirish, o‘zbekona milliy va diniy qadriyatlarimizdan voz kechishga targ‘ib etish kabi xatti-harakatlar avj olmoqda.

Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda Olmazor tumanidagi 46-umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Akademiya rektori “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” mavzusida maʼruza qildi.

Xatarli tahdiddan saqlanishning yagona yo‘li ma’rifat ekanligi, muqaddas dinimizda insoniylikning eng oliy namunasi ilm-ma’rifat ulashish, yaxshilik qilish, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik hissi bilan yashash lozimligi hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari haqida so‘z yuritildi.

Izoh qoldirish