Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz boʻlsin!
Keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlar ibratli hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik tuygʻusini yuksaltirish borasidagi ishlar alohida e’tirofga loyiq.
Aholiga mazkur islohotlarni yanada yetkazish, “oliy ta’lim muassasasi va mahalla” tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikda ish olib borish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun Olmazor tumani “Quyosh” MFYda bo‘lib o‘tdi. Mahalla faollari bilan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruza qildi.
Akademiya rektori o‘z ma’ruzasida bugungi kunda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida so‘z yuritdi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularning oldini olish masalalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish