12

Hamkorlikda mahorat darsi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Qozog‘istonning Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida mahurat darsi o‘tkazildi.  

Mahorat darsini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari - Y.Alashbayev hamda S.Utebekov olib borishdi. 

Mazkur ilmiy seminarda Akademiyaning doktorant va mustaqil tadqiqotchilari qatnashdi.

Treningda ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar uchun SCOPUS bazalaridagi jurnallarda maqola yozish qoidalari va uni nashr qilish usullari haqida ma’lumot berildi.

Mahorat darsi orqali ilmiy izlanuvchilar SCOPUSning asli va soxtasini ajrata olish, ushbu bazalarga maqolalarni yuklash yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga mutaxassislardan asosli javoblar olishdi.

Izoh qoldirish