146

Akademiya vakillari “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlarida qatnashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan Termiz shahrida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, Termiz davlat pedagogika instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Termiz muhandislik-texnologiyalari instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Termiz yuridik texnikumi, Termiz davlat universiteti hamda Termiz arxitektura va qurilish texnikumi rahbar-xodimlari va talabalariga ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’ruza qildilar.

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularning oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari haqida ma’ruzalar qilindi va “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish