Ona tabiatni asrash barchamizning burchimizdir
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo‘l qo‘ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylangan.
1970-yildan boshlab esa 22-aprel – Xalqaro yer kuni sifatida nishonlab kelinadi. Mazkur sanani nishonlash orqali yosh avlod ongiga ona tabiatni asrash, ekologik muvozanatni ta’minlashga doir tushunchalar singdiriladi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sana munosabati bilan soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shayxontohur tuman bo‘linmasi rahbari Nilufar Alibayeva, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi yig‘ma axborot-tahlil sho‘ba mudiri Zamira Mirzayeva, Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi muhandisi Ilhom Rahmatillayev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish kerakligini ta’kidlashdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish