112

Akademiya vakili forumda ma’ruza qildi

Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirokida o‘quv seminari hamda forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum hamda o‘quv seminarida respublika oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi.

Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Forum avvalida mehmonlar Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan ijodiy ishlar koʻrgazmasi bilan tanishishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish