Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish dolzarb vazifa
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahridagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari uchun “Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Bugun mazkur o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un G‘afurov “Bugungi kunda kibermakondagi diniy kontentning mazmuni: mo‘tadillik va mutaassiblik chegarasi” mavzusida ma’ruza qildi.
Ushbu dars O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joylarda mahalla faollari bilan tashkil etayotgan uchrashuvlarida mahallalarda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad, yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning mahallalardagi uyushmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlar muhitida radikallashuv va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishini oldini olish, ularni yot g‘oyalar salbiy ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarga jamiyatda o‘z o’rinlarini topishga ko‘maklashish, oilalarda er-xotin, ayollar va bolalar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Unda yoshlar hayotini band etgan internet tarmog‘idagi sayt va guruhlar mazmuni, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tahlil etish va tarqatish madaniyati, diniy ma’lumotlarni rasmiy saytlardan olish hamda bilmagan va tushunarsiz tarmoqlardan saqlanish kabi masalalarda ma’lumotlar yetkazildi.
Dars yakunida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga ilmiy va yetarli javoblar berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish