125

Akademiya professori xalqaro tadbirda ilmiy maslahatchi sifatida qatnashmoqda

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida “Tojikistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari” doirasida “Tojikistonda oʻzbek kinosi kunlari” boʻlib oʻtmoqda. 

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston va Tojikiston kinematograflari hamkorligida suratga olinishi rejalashtirilgan “Jomiy va Navoiy” badiiy filmi ssenariysi matni Tojikiston va Oʻzbekiston mutaxassislari tomonidan muhokama qilinmoqda. 

Muhokamada “Jomiy va Navoiy” badiiy filmi ssenariysi ilmiy maslahatchilari qatorida oʻzbekistonlik navoiyshunos olimlar ham mavjud. Ular qatorida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov ham ishtirok etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish