128

Taʼlimda uzviylikni taʼminlash – bugungi kun talabi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Rektor soati” doirasida rektor Uyg‘un Gʻafurov, soha prorektorlari va Akademik litsey oʻqituvchi va xodimlari oʻrtasida ochiq muloqot o‘tkazildi. 

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasida ayni paytda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, diniy-maʼrifiy soha yangiliklari, taʼlim uzviyligini taʼminlash maqsadida qabul qilinayotgan meʼyoriy huquqiy hujjatlar muhokamasi bilan birga Akademik litseydagi qabul yoʻnalishlari, taʼlim jarayoni, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ham soʻz yuritildi. 

Rektor U.Gʻafurov Akademik litseyda taʼlim sifatini yanada oshirish masalasida fikr yuritib, Akademiya professor-oʻqituvchilarining oʻrindoshlik asosida akademik litseyga jalb qilinganlik darajasi bilan qiziqdi. 

Ayni paytda 10 nafar professor oʻqituvchi Akademik litseyda oʻrindoshlik asosida  taʼlim berayotgani maʼlum qilindi. 

Akademiya rektori keyingi oʻquv yillarida akademiya professor-oʻqituvchilarini koʻproq akademik litseyga jalb qilish, Akademik litseyning malakali oʻqituvchilarini ham Akademiyaga soatbaylik yoki oʻrindoshlik asosida taʼlim berishlarini yoʻlga qoʻyish orqali Akademiya va Akademik litsey oʻrtasida taʼlim uzviyligini taʼminlash zarurligini taʼkidladi. 

Litseyning oʻqituvchi va xodimlari  akademiya rahbariyatiga turli savollar bilan murojaat qilib tegishli javoblarni olishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish