“Bahorgi psixologik maktab“ mashg‘ulotlari davom etdi
Bugun M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida “Bahorgi psixologik maktab“ mashgʻulotlari “Diniy psixologik tafakkur va zamonaviy psixologiya: ikki tomonlama muloqot imkoniyatlari” mavzusidagi davra suhbati bilan davom etdi.
Mazkur tadbirda psixologiya fanlari doktori, professor Tohir Bozorov, Rossiya taʼlim akademiyasi muxbir aʼzosi, professor Boris Bratus, Moskva davlat psixologiya va pedagogika universiteti dotsenti, Rossiya musulmonlarga psixologik yordam koʻrsatish assotsiatsiyasi rahbari Olga Pavlova, Rossiya pravoslav universiteti dotsenti Natalya Inina, Rossiya musulmonlarga psixologik yordam koʻrsatish assotsiatsiyasi Boshqirdiston boʻlimi rahbari Filyus Yaxin, Tatariston fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Ravil Adigamov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan maʼruzalar eshitildi.
Ushbu ilmiy maʼruzalar din psixologiyasi, islom psixodogiyasi, diniy va dunyoviy bilimlarning uygʻunligini taʼminlash, Oʻzbekistonda din psixologiyasining rivojlanish istiqbollari, dunyoviy va diniy taʼlim muassasalarida psixologiya va din psixologiyasi fanlarini oʻqitish imkoniyatlari, yangicha yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar kabi masalalarga bagʻishlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish