“Bahorgi psixologik maktab” mashgʻulotlari davom etdi
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Bahorgi psixologik maktab” mashgʻulotlari bo‘lib o‘tgan edi.
Bugungi o‘quvlar esa M.V.Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filialida boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.
“Psixologik amaliyotlarning ko‘p modaliligi: haqiqat va istiqbollar” mavzusidagi tadbir doirasida MDUning yetakchi psixolog mutaxassislari hamda oliy taʼlim tizimidan tashqarida oʻz faoliyatini olib borayotgan va koʻplab ijobiy natijalarga erishgan tajribali amaliyotchi psixologlar tomonidan maxorat darslari va psixologik treninglar olib borildi.
Kunning birinchi qismida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan “Innovatsion texnologiyalar nurida psixoanaliz”, “Keys usuli guruh psixologik ish uchun vosita sifatida (farzand asrab oluvchilar bilan o‘zaro munosabatlar misolidan foydalangan holda)”, “Tizimli yulduz turkumlari va oilaning mustahkamligi”, “Giyohvandlikka nazar: giyohvandlik sirlarini ochish” mavzusida seminar treninglar o‘tkazildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa “Gipnoterapiya: afsonalar va haqiqat”, “Tuyg‘ular haqidagi e’tiqodlar: hissiy sxemalarning dekonstruksiyasi va terapiyasi”, “Niqob terapiyasi. Agressiv his-tuyg‘ular bilan ishlash” hamda “Transformatsiya. Maqsadlarga erishishda o‘z-o‘zini tarbiyalash” kabi mavzularda mahorat darslari olib borildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish