21

Qozog‘istonlik o‘qituvchi va talabalarga O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati namoyish etildi

Rasmiy tadbirlardan so‘ng mehmonlar uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan ziyoratgohlar – Shayxontohur, Toʻlabiy va Yunusxon yodgorligi, “Qo‘lyozmalar fondi” hamda Akademiya axborot resurs-markaziga ekskursiya uyushtirildi. 

To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri. Yirik arbob, Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Jeti Jarg‘i” (“Yetti nizom”) qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan. Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud. Ustoz-shogird tutingan Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiyning yonma-yon joylashgan bu maqbaralari o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan birga yashagani, qardosh-u hamfikr bo‘lganining yana bir dalolatidir.

Ekskursiya davomida shu haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar qardosh xalqlarimizning umumiy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.

Ulug‘ allomalar xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.

“Manbalar xazinasi” hamda Akademiya axborot resurs-markaziga sayohat mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish