20

Akademiyada Rossiya, Qozogʻiston OTMlari bilan hamkorlikda “Bahorgi psixologik maktab” tashkil etildi

Keyingi yillarda yangi O‘zbekistonda yoshlarga o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Bu, ayniqsa, ta’lim va tadqiqot sohalarida yaqqol namoyon bo‘lyapti. Prezidentimiz tomonidan joriy yilning “Yoshlar va biznezni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ham yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Quvonarlisi, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, huquq va manfaatlarini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotir. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham ta’lim va ilmiy tadqiqotlar ilg‘or xalqaro standartlarga faol integratsiyalashib bormoqda. Ayni paytda turli xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi va bu jarayon davom etmoqda. 

Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Bahorgi psixologik maktab”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un Gʻafurov, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali rahbarining oʻrinbosari, psixologiya fanlari doktori, professor Tohir Bazarov, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti katta oʻqituvchisi Lazzat Risbekova kirish so‘zi bilan qatnashdilar. 

Tadbirga “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova moderatorlik qildi.

Uchrashuvda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamil Nasibullov “Zamonaviy dunyoda islom psixologiyasi” mavzusidagi kirish ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv mashg‘ulotlari sho‘balarga bo‘lingan holda davom etadi. Unda Akademiyaning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari hamda psixologik treninglar o‘tkaziladi.

Bu orqali boʻlajak psixologlar oʻz bilim, koʻnikma va malakalarini yanada rivojlantirib, psixologik kompetentliklarini oshiradilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish