21

Bahorgi psixologik maktab

Hurmatli talabalar! 
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi Sizni xalqaro hamkorlik doirasida "Bahorgi psixologik maktab" mashgʻulotlariga taklif etadi.

Unda Siz psixologiya va din psixologiyasi boʻyicha yetakchi mutaxassislarning mahorat darslari hamda psixologik treninglardan bahramand boʻlasiz. Bu esa Sizga boʻlajak psixolog sifatida oʻz bilim, koʻnikma va malakalaringizni yanada rivojlantirishga, psixologik kompetentlikni oshirishga qulay zamin yaratadi.

Shuningdek, Siz ushbu mashgʻulotlar davomida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Qozogʻiston Respublikasi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti talabalari bilan uchrashib, psixologiya  sohasidagi bilim va tajribalaringizni boyitasiz.

Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Sizni faol boʻlishga chaqiramiz.

Izoh qoldirish