19

“Soʻzda sehr bor, sheʼrda hikmat”

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida taniqli dublyaj aktyori Abdujabbor Fayziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Akademiya rektori bugungi kunda notiqlik mahorati barcha uchun kerakligini qayd etar ekan, mazkur soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar, mahorat darslari talabalar uchun foydali bo‘lishini qayd etdi.

Samimiy muloqot davomida Abdujabbor Fayziyev so‘z olar ekan, o‘zbek dublyaj maktabi tarixi, bugungi kundagi dublyaj jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Talabalarga nutq mahorati, ovoz ishlatish ko‘nikmasi bo‘yicha tavsiyalarini ulashdi.

Abdujabboy Fayziyev ayni paytga qadar ko‘plab xorijiy film va seriallar, multfilmlarga ovoz bergan. Jumladan, “Sevgi iztirobi”da Amir, “Hukm”da Ilyos Kaya kabi obrazlar. 

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Uchrashuv yakunida “Audiokitob” loyihasi doirasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish