Jaholatga qarshi ma’rifat bosh mezon bo‘lishi kerak
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘lda esa davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori bugun har birimizning bosh mezoniga aylanishi shart.
Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida guruh sardorlari va faol talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov ishtirok etdilar.
Muloqotni Akademiya rektori kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishini qayd etdi.
Shu bilan birga, bunday o‘ta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki birinchi navbatda, yoshlarning ong va tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish orqali kuchli immunitet yaratish zarurligi haqida so‘z yuritdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shlik bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini yoshlik paytidan boshlab shakllantirib borish zarurligini ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, shuningdek, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish