ICESCO va Oʻzbekiston taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga intilmoqda
Shveytsariyaning Jeneva shahridagi Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻining 3-konferensiyasida Islom olami taʼlim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti (ICESCO) Bosh direktori, doktor Salim al-Malik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashdi.
“Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda parlament harakatlarini jadallashtirish” mavzusida boʻlib oʻtgan yigʻilish avvalida Salim al-Malik ICESCO Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik qoʻshma dastur va tashabbuslar sifatida Samarqand shahrining 2025-yil uchun “Islom madaniyati poytaxti” sifatida eʼtirof etilgani munosabat bilan mazkur bayramni nishonlashga tayyorgarlik koʻrishga shayligini taʼkidladi. UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qilishi munosabati bilan yil davomida koʻplab dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, ICESCO Bosh direktori tashkilotning yangi rejalari va strategik yoʻnalishlarining asosiy jihatlariga toʻxtalib, xususan, yoshlar va ayollar salohiyatini yuksaltirish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tegishli mutaxassislar va ekspertlar “Heritage Center” orqali oʻzbek sivilizatsiyasi va islom tarixining noyob madaniy boyligi boʻlgan tarixiy obidalar va yodgorliklarni Islom dunyosining madaniy merosi roʻyxatiga kiritish va himoya qilish kabi masalalarga toʻxtaldi.
Uchrashuvda ICESCO va Oʻzbekiston oʻrtasida olib borilayotgan dastur va loyihalar haqida soʻz borib, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi bilan istiqbolli hamkorlikning saʼy-harakatlari natijasi sifatida talabalarga ICESCO stipendiyasi ajratilgani, ularga arab tili va islomshunoslik fanlarini oʻqitishda tashkilot hissasi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Oʻz navbatida Tanzila Narbayeva ICESCOning aʼzo davlatlarni oʻz yoʻnalishi boʻyicha qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholab, Oʻzbekiston tashkilot bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga intilishini taʼkidladi.
Uchrashuvda ICESCO Sheriklik va xalqaro hamkorlik departamenti rahbari Anar Karimov ishtirok etdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish