432

Islom taraqqiyoti banki 2021-2022 o‘quv yili uchun stipendiyalar tanloviga arizalar qabulini e’lon qildi

Islom taraqqiyot banki (ITB) 2021-2022 o‘quv yili uchun stipendiyalar tanlovini e’lon qiladi. Quyidagi dasturlar bo‘yicha qabul qilingan onlayn-arizalar Islom taraqqiyot banki (ITB)ning stipendiyalar portali orqali ochiladi.

Islom taraqqiyoti banki 2021-2022 o‘quv yilida dunyoning nufuzli universitetlarida bakalavriat (Undergraduate), magistratura (Master’s), aspirantura (PhD Research Programme) va post-doktorantura (Роst-Dосtoral Research Programme) yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiyalar tanlovini e’lon qilmoqda.

Talabalar quyidagi yo‘nalishlarning faqat bittasi bo‘yicha murojaat yo‘llashlari mumkin:

-  qishloq xo‘jaligi, pedagogika, ekologiya va iqlim o‘zgarishlari, energetika, arxitektura;

-  transport, kimyo, etika, tibbiyot, farmakologiya, informatika, optika, telekommunikatsiya, elektronika, innovatsiya va infrastrukturani rivojlantirish, islom iqtisodiyoti, moliya va bank ishi;

-  islom huquqshunosligi, ijtimoiy fanlar, xalqaro iqtisodiyot, jurnalistika, yuristprudensiya, intellektual mulk, siyosatshunoslik fanlari, biznes, savdo va tijorat.

Talabgorlar ma’lum mezonlarga javob berishi kerak bo‘ladi.

To‘liq ma’lumotlarni https://www.isdb.org/scholarships saytidan olishingiz mumkin.

Talabgorlar o‘z ariza va tegishli hujjatlarini Islom taraqqiyot bankining maxsus https://www.isdb.org/scholarships platformasi orqali 2021-yilning 20-yanvaridan 28-fevraliga qadar yuborishlari mumkin.

Murojaatlar faqat onlayn ravishda qabul qilinadi.  

 

Izoh qoldirish