163

Ilmiy-amaliy anjumanda Akademiya vakillari qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetida “Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar yoshlar nigohida” mavzusida I respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov tadbir doirasidagi sho‘ba yig‘ilishiga moderator, talabalar esa ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar asosida yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish hamda innovatsion va izlanuvchilik qobiliyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 

Konferensiya ishida huquqshunoslik, iqtisodiyot va psixologiya fanlari tizimidagi zamonaviy tendensiyalar, yangi oʻzgarishlar va fanlarni sifatli oʻqitishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini faol jalb qilish yuzasidan yoshlarning fikr mulohazalari tinglanib, fanlarning alohida sohalariga doir izlanishlari yuzasidan chuqur munozaralar olib borildi.

“Yurisprudensiya (Islom huquqi)” bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Muhammadnur Murodov konferensiyada o‘zining “Abu Bakr Saraxsiy – yirik xalqaro huquqshunos olim” nomli maqolasi bilan konferensiyasining “Huquqshunoslik sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar – yoshlar talqinida” shoʻbasida ma’ruza qildi. Mazkur ma’ruza konferensiya ishtirokchilari va tashkilotchilari orasida kata qiziqish va faol muzokaraga sabab bo‘ldi. 

Konferensiya yakunida anjuman rezolyutsiyasi qabul qilinib, yoshlar tomonidan bildirilgan fikr mulohazalar muhokama qilingan holda taklif va tavsiyalar tegishli davlat va nodavlat organlarga yuborilishi yuzasidan qaror qabul qilindi. 

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq, tashakkurnoma va sertifikatlar bilan taqdirlandi. 

Izoh qoldirish