147

Akademiya rektori “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotida talabalar bilan uchrashdi

Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Barkamol avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash natijasida oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda. Zero, yoshlar Vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlari hisoblanadi.

Ayniqsa, joriy yil davlatimiz rahbari tomonidan “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”, deb eʼlon qilinganining zamirida ham ana shu maqsad va muddaolar mujassam.

Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.

Bugun ana shunday muloqotlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, vatanparvar shaxslar sifatida tarbiyalash muhim ekanini ta’kidladi.

Samimiy ruhda o‘tgan tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Muloqot yakunida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish