27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Akademiya talabalar teatr studiyasi a’zolariga REKTOR TABRIGI
QUTLOV
1962-yildan beri 27-mart dunyo miqyosida teatr san’ati xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanib kelmoqda.
Zero, teatr – hayot ko‘zgusi. Unda jamiyat hayotining past-u balandi, odamlarning orzu-armonlari, iztiroblari, ruhiyati va kayfiyati, intilishlari, turfa fe’l-atvori o‘zining yorqin ifodasini topgani bilan ahamiyatlidir.
Ulug‘ mutafakkirlarimizdan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr bu ibratxonadir” degan purma’no so‘zlarida ham bir olam ma’no-mazmun mujassam.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijodkor ziyolilarga qaratilayotgan e’tibor teatr san’atida ham o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Soha rivoji yo‘lida farmon va qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan bir qatorda yurtimizda talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyish etishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida Talabalar teatr studiyalari tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Talabalar teatr studiyasi tashkil etilib, bugungi kunga qadar O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar“ asari asosida tayyorlangan “Bobur” nomli spektakl, dramaturg Nasrullo Qobilning “Toʻda” asari asosida “Adashganlar” spektakli hamda Sirojiddin Salohiddinovning “Oqqushlar” asari asosida spektakllar sahnalashtirilib, tomoshabinlar hukmiga havola etildi.
O‘tgan yillar davomida Talabalar teatr studiyasi bir qancha yutuqlarga erishdi. Jumladan, o‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ishonamanki, bu kabi yutuqlar bundan keyin ham bardavom bo‘lajak.
Fursatdan foydalanib, mazkur sana bilan mazkur soha vakillari bilan bir qatorda Talabalar teatr studiyasining iqtidorli va intiluvchan a’zolarini tabriklayman.
Ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik tilayman.
Uyg‘un G‘afurov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish