22

Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy koʻzlangan maqsad bugungi kunda ayrim mutaassib shaxslar, radikal toifalar tomonidan islom tarixidagi ayrim voqeliklar notoʻgʻri talqin etilib, odamlarni chalgʻitayotganlarga munosib javob berish, ayni vaqtda bu tushunchalar talabalar tomonidan ilmiy-akademik taʼlim shaklida, ishonchli manbalar asosida oʻrganishlari, Din ishlari qoʻmitasi dinshunoslik ekspertizasidan oʻtgan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etildi.

Tanlov nihoyasida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish