Yangi O‘zbekistonda inson qadri ustuvor
Ayni paytda yurtimizda Navroʻz umumxalq bayrami hamda muborak Ramazon oyi shukuhi kezmoqda. Bayram kunlarida keksalar holidan xabar olish, ustozlarga ehtirom koʻrsatish azaliy qadriyatlarimizdan biri sanaladi.
Shu munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari uzoq yillar davomida Akademiyada faoliyat olib borgan, yoshlarga bilim sirlarini o‘rgatgan bir guruh ustozlarni ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladilar.
Jumladan, Akademiyaning “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi oʻqituvchilari tarix fanlari doktori, professor Ahadjon Hasanovning uylariga tashrif buyurib, dildan suhbat qurdilar.
Shuningdek, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasining asoschilaridan biri, ilk bor “Din psixologiyasi”, “Tasavvuf psixologiya” fanlarini oʻquv jarayoniga kiritgan, qadrli va jonkuyar ustoz, oʻz sohasining haqiqiy fidoyisi Moʻminxon Mamatovning xonadonida bo‘ldilar.
Bundan tashqari, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi vakillari nafaqadagi ustoz Muazzam Saidkarimovaning xonadoniga tashrif buyurib, dildan suhbat qurdilar.
Shu bilan birga, yoshlarga ilm-maʼrifat ulashgan ustoz shayx Abdulaziz Mansur hamda Hamida To‘ychiyeva xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan tabrikladilar.
Malakali ustozlardan kafedralar faoliyati va kelgusidagi rejadagi bo‘yicha maslahat va tavsiyalar olindi.
Muxtasar aytganda, yangi Oʻzbekistonda davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, “Inson qadrini ulugʻlash, uning hayotiy manfaatlari va ijtimoiy himoyasini taʼminlash, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir yurtdoshimizga mehr va eʼtibor koʻrsatish faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda”.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish