351

Hamkorlikning yangi bosqichi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining “Falsafa va madaniyatshunoslik” kafedrasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Mazkur hamkorlikka muvofiq, qozog‘istonlik talabalarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Hamida To‘ychiyev, falsafa fanlari doktori, professor Matluba Qahhorova, falsafa doktori (PhD) Mo‘minjon Xo‘jayev Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti Falsafa yo‘nalishi talabalariga “Abayning falsafiy qarashlari” mavzusida onlayn ma’ruza o‘qishdi.

O‘z navbatida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti “Falsafa va madaniyatshunoslik” kafedrasi falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ayshe Shaldarbekova hamda falsafa fanlari nomzodi, dotsent Mavluda Raximshikova O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalariga xuddi shu mavzuda saboq berdi.

Yakunda talabalar mutasaddilarga mazmunli va qiziqarli ma’ruza uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish