Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) bilan memorandum imzolandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi delegatsiyaning MDISga tashrifi davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, MDIS direktori Ilhom Mamatqulov hamda institut vakillari ishtirok etdilar.
Samimiy suhbat chog‘ida Uyg‘un G‘afurov instititut bosh direktori Ilhom Mamatqulov va institut jamoasini muborak Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis kadrlar yetishtirishda MDIS ham muhim o‘rin tutishini, Akademiya va institut o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik yangi rivojlanish bosqichini boshlab berishini e’tirof etdi.
Tashrif Memorandumda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim va talabalarning akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonlariga malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish, ta’lim muassasalari o‘rtasida turli g‘oyalar, axborot va o‘quv adabiyotlarini almashish uchun sharoit yaratish, oʻquv jarayonini samarali boshqarish va oʻqitishning innovatsion usullarini tatbiq etish boʻyicha uslubiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunida Akademiya rektori hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish