130

O‘zXIA va MDIS: xalqaro tajriba asosida milliy ta’lim metodikasi yaratiladi

Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (MDIS) bo‘ldilar.

Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulovdan iborat Akademiya vakillari tashrif avvalida institutning “Moliya”, “Turizm” va “Moda” laboratoriyalari, Axborot-resurs markazida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

“Ta’lim – fan – ishlab chiqarish” zanjiri kadrlar tayyorlashda muhim hisoblanadi. Bu mezon Akademiya vakillari tomonidan MDISda yuqori darajada tashkil etilgani e’tirof etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish