27

Akademik va talabalar uchrashuvi

Termiz davlat universitetida “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, ensiklopedik olim Nurislom Tuxliyev ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Samimiy muloqot davomida olim o‘zining hayoti, erishgan yutuqlari, bu yo‘lda chekkan turli qiyinchilik va sinovlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida ma’lumot berar ekan, muassasada xassos soha boʻlgan muqaddas islom dinini ilmiy nuqtayi nazardan fundamental tadqiq etgan holda, ulugʻ allomalarimiz maʼnaviy merosini qayta kashf etish orqali dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qoʻshadigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlanayotganini e’tirof etdi.

Talabalarga ko‘proq bilim olishga, vatanparvar bo‘lishga, yurtini, xalqini eʼzozlashga daʼvat etdi. 

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Izoh qoldirish