O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Iqtisodiyot fakulteti Xalqaro iqtisodiy aloqalar kafedrasi bilan hamkorlikda “Dunyo davlatlarining milliy manfaatlari va tashqi iqtisodiy xavfsizligi” ilmiy maktabi doirasida jahon iqtisodiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi an’anaviy xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarussiyadan 15 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan 30 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdilar.
Seminar “O‘zbekistonning postsovet mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining asosiy yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Nurislom Tuxliyev ma’ruza qildi.
Tadbir yakunida o‘zaro hamkorlikning istiqboldagi rejalari to‘g‘risida kelishib olindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish