Har bir inson mehr va e’tiborda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Guruh a’zolari Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Muxriddin Xikmatov boshchiligida Shayxontohur tumanining “O‘rda” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi S.Nurliyevning xonadonida bo‘ldilar.
Xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor etadi. Ayniqsa, muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz istiqomat qiluvchi insonning holidan xabar olinishi yanada ahamiyatlidir.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, mehr va e’tiborga muhtoj keksa insonning holidan xabar olish, uning ko‘nglini ko‘tarishdan iborat bo‘ldi.
Mahalla mas’ullari bilan bo‘lgan tashrif davomida “Qalqon” guruhi a’zolari tomonidan xonadon saranjom-sarishta qilinib, tozalandi. Oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Berilayotgan e’tibordan xursand bo‘lgan xonadon sohibi Akademiya vakillarini duo qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish