153

Zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda xorij tajribasi muhokama etildi

Avval xabar berganimizdek, Musulmon jamiyatlari xalqaro kengashi bosh direktori Xolid Xalifa al-Kaʼbiy boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi. 

Tashrif davomida yurtimizdagi diniy-ma’rifiy muassasalar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarida amaliy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Mazkur delegatsiya a’zolari kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bo‘lib, Akademiya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

Bugun esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chegara bilmas oʻqituvchilar” xalqaro tashkiloti vitse-prezidenti, doktor Nasr Muhammad Orif tomonidan doktorant-magistrlar, yosh tadqiqotchilar uchun ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, tarjimon Akbar Kazakbayev ishtirok etdilar.

Davra suhbatida doktor Nasr Muhammad Orif “Mutaassiblik va radikalizmning oldini olish bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi. 

Samimiy muloqot davomida bugungi kunda diniy radikalizm, mutaassiblik tobora avj olib borayotgani, buni oldini olishda musulmon jamiyatlari o‘zaro hamfikr bo‘lishi kerakligi, har bir mamlakatning bu boradagi tajribasini o‘rganish zarurligini qayd etdi.

Diniy, etnik, madaniy jihatdan musulmon jamiyatlarining hayotiy anʼanalariga hurmatni saqlash, xalqlarning manfaatlari yoʻlida oʻzaro hamkorlik va hamjihatlikka erishish, inson qadr-qimmatini ulugʻlash, bagʻrikenglik va Vatanga muhabbat tushunchalarini qatʼiy qadrlash hamda islom dinida diniy murosasizlikni yoʻq qilishga hissa qoʻshish ekanini bildirdi. 

Davra suhbati davomida yosh tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Yakunida doktor Nasr Muhammad Orif koʻrsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish