170

“Buyuk Devor” stipendiyasiga tanlov eʼlon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, UNESCO va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining 2024/2025-o‘quv yili uchun “Buyuk Devor” stipendiyasiga tanlovi eʼlon qilingan. 

Ushbu stipendiyalar dasturi doirasida XXR oliy taʼlim muassasalarida bir yillik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblarining xalqaro aviachipta va Xitoyda o‘qishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari UNESCO va XXR Hukumati tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar magistr darajasiga ega va 45 yoshdan oshmagan bo‘lishlari, ingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni 2 nusxada to‘ldirishlari kerak:

  • maxsus ariza varaqasi onlayn tarzda http://www.csc.edu.cn/studyinchina veb sahifasida to‘ldirilishi lozim (uning 
    2 nusxasi 3 ta rasm bilan birgalikda taqdim etiladi);
  • diplom (ilovasi bilan birga) yoki sertifikat hamda reyting qaydnomasining tasdiqlangan nusxasi va tarjimasi (notarial tasdiqlangan nusxasi, ingliz tiliga tarjima qilingan holda);
  • Xitoy universitetlarining biridan kelgan taklifnoma (agar oldindan ushbu universitet bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa);
  • nomzodning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan 2 nafar professorlar tavsiyanomasi (ingliz tilida);
  • stipendiya uchun taqdim etilayotgan ilmiy tadqiqot loyihasi (500 so‘zdan iborat, ingliz tilida);
  • ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
  • tibbiy maʼlumotnoma.
     

Muddati – 2024-yil 5-mart

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish