188

Akademiya vakili otinoyilar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda ma’ruza qildi

Poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar va tumanlar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Mazkur seminar otinoyilarning diniy-maʼrifiy ilm salohiyatini oshirish va otinoyilar faoliyatini targʻibot guruhi bilan hamkorlikni olib borish maqsadida tashkil etildi.

Akademiya vakili “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabr kunidagi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalar haqida” mavzusida ma’ruza qildi. 

Uchrashuvdavomidaotinoyilarmavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va savollari bilan qatnashdilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish