Anglashuv memorandumi: yangi imkoniyatlar asosi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish, uning samaradorligini oshirish maqsadida imzolangan ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik rivoji uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mazkur memorandum har ikki oliy o‘quv yurtining o‘zaro tajriba almashishi, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi, xalqaro aloqalar sohalarida yuqori malakali kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishda kelishuvga asos bo‘lmoqda.
Shuningdek, ta’lim sohasida qo‘shma ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Anglashuv memorandumida nashrlar, ilmiy tadqiqotlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar, davriy nashrlar, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashishi ko‘zda tutilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, endi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda yangi imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish