Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi muhim masalalar muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Kengash raisi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, rais o‘rinbosari, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, RTTM boshlig‘i hamda Axborot-resurs markazi rahbari ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, 2023-2024-oʻquv yilining 1-yarim yilligi oʻzlashtirish natijalari fakultetlar kesimida muhokama etildi.
Shuningdek, kafedralarning tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun moliyalashtirish manbalarini izlashdagi faolligini oshirish, Akademiya professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalar muhokama qilindi.
Majlis davomida xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan amaliy hamkorlikni boshlash, fakultet va kafedralar darajasida onlayn uchrashuvlarni oʻtkazish, xorijiy oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun yozgi maktab dasturlarini tayyorlash hamda Akademiya xorijiy doktorantlarining dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarini tayinlash kabi mavzularda so‘z bordi.
Yakunda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish