166

Diniy-ma’rifiy soha axborot (matbuot) xizmati xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

Bugun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, AOKA hamda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi hamkorligida diniy-ma’rifiy sohada faoliyat olib borayotgan axborot xizmati xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Mazkur o‘quvlar davomida tinglovchilarga “Yoshlarni turli yot gʻoyalardan himoya qilishda diniy-maʼrifiy saytlarning roli: muammo va yechimlar”, “Rasmiy munosabat bildirish, tanqidiy materiallar bilan ishlash xususida”, “Ijtimoiy tarmoq sahifalari koʻrinishini yangilash, faoliyat samaradorligini oshirish, kontent tayyorlash boʻyicha muhim taklif va tavsiyalar” kabi dolzarb mavzularda muhim ma’lumotlar berildi.

Seminar-trening savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish