39

“Jaholatga qarshi maʼrifat” targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruzalar tinglandi.

Shuningdek, tadbirda “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.

Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.

Izoh qoldirish