Targ‘ibot tadbirlari Nukus shahrida davom etmoqda
Nukus shahridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida fuqarolar, hokimiyat tizimida ishlovchi davlat xizmatchilari, mahalla raislari va faollari, xotin-qizlar faollari uchun “Jaholatga qarshi maʼrifat” targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining hududiy boshqarmasi mutaxassislari, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlari maʼruzalar bilan qatnashdilar. Maʼruzalar soʻnggida qizgʻin muhokama va savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruzalar tinglandi.
Shuningdek, tadbirda “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.
Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish