142

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024”da ishtirok etdi

Bugun Xalqaro gidlar kuniga bag‘ishlangan “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” boshlandi. Forumda 300 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar, tajribali gidlar, turizm sohasidagi mutaxassislar, davlat tashkilotlari, fan va ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirni tashkil etishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkor tashkilot sifatida belgilandi.

Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov va Turkiyaning Saljuq universiteti prorektori Emrulla Eken so‘zga chiqdi.

Forumdan ko‘zlangan maqsad ekskursiya sohasida tajriba va bilim almashish, turizm industriyasining muhim yo‘nalishlaridan birini rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, o‘zbekistonlik va xorijiy hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Forum doirasida “Ekskursiya faoliyati: ta’lim, fan va amaliyot simbiozi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda turizm sohasining taniqli olimlari, ekspertlari va tahlilchilari ma’ruza qildilar. 

Forum dasturiga asosan 22-fevral kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi: ekskursiya faoliyati uchun mutaxassislar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldirish