171

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Jannat Ismoilova magistr va doktorantlarga ma’ruza qildilar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha “Master class – mahorat darsi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori Jannat Ismoilova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Donoxon Qalandarova, professor-o‘qituvchilar, doktorant va magistrlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni Akademiya prorektori Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yosh tadqiqotchilar uchun bu kabi ilmiy tadbirlar foydali bo‘lishini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev Jannat Ismoilova haqida ma’lumot berdi.

Mahorat darsida O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori Jannat Ismoilova “Tarixni o‘rganishda osori-atiqalarning o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi. 

Ma’ruzachi tomonidan tarix insoniyatning buyuk xotirasiekani, unda ajdodlarning maʼnaviyati, madaniyati va amalga oshirgan ishlari mujassamligini e’tirof etdi.

Shu bilan birga, yurtimiz tarixini o‘rganishda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarurligi ta’kidladi. Aholi, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimiz tarixini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini qayd etdi.

Bu borada yosh olimlar o‘z ilmiy tadqiqotlarida manbalar bilan ishlash, tahlil qilish mahoratini oshirib borishi kerakligini qayd etdi. Bu kabi davra suhbatlarini muntazam tarzda o‘tkazib borish kerakligi qayd etildi. 

Yakunda o‘zaro hamkorlikda turli anjuman, konferensiyalar o‘tkazish, talaba-yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga yanada kengroq jalb etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish