153

“Behbudiyni anglash” oʻzlikni anglashdir

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 90-umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Maʼrifatparvarlar” klubi bilan hamkorlikda “Behbudiyni anglash” deb nomlangan ma’naviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani, “Maʼrifatparvarlar” klubi rahbari, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori Habibullo Sadibaqosev hamda “Ziyo” media markazi direktori, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Mahmudxoʻja Behbudiy” hujjatli filmining ssenariy muallifi Abduhamid Muxtorov ishtirok etdilar.

Tadbir mobaynida maktab oʻquvchilari tomonidan sahnalashtirilgan “Padarkush” dramasi va “Mahmudxoʻja Behbudiy” hujjatli filmi namoyish etildi. 

Oʻquvchilar tomonidan alloma haqida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etilib, jadidlarning milliy oʻzlikni anglash borasida amalga oshirgan ishlari haqida maʼruzalar oʻqildi.

Izoh qoldirish