Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan “Oqqushlar” spektaklining premyerasi namoyish etildi
Yurtimizda talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyish etishi uchun sharoit yaratib berish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oqqushlar” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan taqdim etilgan taqdimotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Akademiya huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, rejissyor Hilol Nasimov, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Asarda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boʻlgan 7 nafar bolalarning taqdiri yoritib beriladi. Asar davomida bolalarning turfa taqdiri, ota-ona mehrisiz ulg‘ayish, dil kechinmalari hikoya qilinadi. Asar yakunida ushbu bolalar jamiyatning turli sohalarida yetuk mutaxassis sifatida xizmat koʻrsatayotganligi aks ettiriladi.
Spektaklning asosiy maqsadi bugungi kundagi jamiyatimizda oilaviy nizolar, turli munosabatlar sabab begunoh bolalarning Mehribonlik uylariga topshirilishi, ularni ota-ona, aka-uka, opa-singil mehriga zor boʻlayotgani hamda davlatimizning ularga yaratgan shart-sharoitlari asosida jamiyatning yetuk kadrlari sifatida yetishib chiqayotganliklarini namoyish etishdan iborat.
Asar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish