153

“Ziyo-zukko” umumta’lim maktabida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo-zukko” umumta’lim maktabi rahbariyati va o‘qituvchilari ishtirokida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil etildi.

So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari davr talabiga aylanib, mamlakatimiz ichki siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan sohaga oid bir nechta normativ hujjatlar qabul qilindi. Yo‘nalishda amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarni tizimli ravishda olib borish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tashkil etildi. 

Jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va korrupsiyaga qarshi tizimli kurashish maqsadida Davlat dasturi qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda sezilarli natijalarga erishishi uchun nafaqat mas’ul xodimlar, balki har bir jamoa a’zosi kurashishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi. 

Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan tadbirlar natijasida O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro indeksida oxirgi 3 yilda  156-o‘rindan 121-o‘ringa ko‘tarildi. 

Suhbat yakunida “Ziyo-zukko” umumta’lim maktabi ustozlariga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tizimida korrupsiya va ijtimoiy adolatsizlik tamoyillarini buzilish holatlari to‘g‘risida barvaqt ma’lumotlar olish va tegishli choralar ko‘rish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan anonim Telegram-bot kanali ishga tushirilgani e’lon qilindi.

Izoh qoldirish