147

Akademiyada “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi muloqotlardan biri Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, fakultet dekani Jahongir Tohirov, Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Muxriddin Xikmatov qatnashdilar.

Uchrashuvni Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yurtimizda barcha sohalar qatori yoshlarga ham katta e’tibor qaratilayotgani, ularni bilim olish, kasb-hunar egallashlari uchun tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

So‘zga chiqqanlar talabalarning muomala madaniyati, xulqi-odobi, ta’lim olishga bo‘lgan shijoati bakalavr bosqichida o‘qiyotgan talabalarga o‘rnak bo‘lishi zarurligini, buning uchun esa magistrlar shaxsiy namuna ko‘rsatishi, Akademiyaning ichki tartib-qoidalariga rioya etishi shart ekanini qayd etdi.

Bu borada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o‘zlarining odob-axloqi, yuksak tafakkuri, aql-idroki bilan boshqa oliy ta’lim muassasalarining yoshlariga namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, takliflari bilan murojaat qilishdi. Muloqot yakunida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish