41

Akademiya Talabalar teatr studiyasi tomonidan “Bobur” spektakli namoyish etildi

Oriental universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar“ asari asosida tayyorlangan “Bobur” nomli spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur spektakl O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar teatr studiyasi hamda Oriental universiteti Talabalar teatr studiyasi hamkorligida tomoshabinlarga havola etildi.

Spektaklda hazratning bolalik chog‘ida taxtga o‘tirishi, davlat boshqaruvi, jang-u jadallari, iztirobli onlari, Vatan sog‘inchi kabi damlari aks etgan. 

Asar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, spektakl ijodkorlari Oriental universiteti rahbariyati tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish