50

Kitob – ilm va hikmat manbai

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davlat va madaniyat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Kitoblar ko‘rgazmasi” o‘tkazildi. 

Mazkur ko‘rgazma talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada yuzdan ortiq mahalliy va jahon adabiyoti namoyandalarining asarlari taqdim etildi. 

Tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi talabalarda o‘zgacha taassurot uyg‘otib, ilm va kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada ziyoda bo’lishiga sabab bo‘ldi.

Izoh qoldirish