328

E’lon! moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriy ishtirokida seminar tashkil etilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan talabalarning bilim salohiyatini oshirish, ta’til paytida bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish maqsadida ko‘plab mavzularda onlayn seminarlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri 2020 yil 28 iyul kuni soat 15:00 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Payg‘ambar (Alayhis-salom) yetuk axloq timsoli” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Seminarda moturiydishunos olim, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi, moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriy (Turkiya) o‘z ma’ruzasi bilan bevosita ishtirok etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Ahmad Sa’d Damanhuriy 2015 yilda “Al-Azhar” universitetida “Imom Moturidiy va uning tafsirdagi uslubi” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Bugungi kunga qadar “Imom Moturidiy va uning tafsirdagi uslubi”, “Hidoyat bayrog‘i Abu Mansur Moturidiy haqidagi e’tirozlarga raddiyalar”, “Ahli sunna nazdida ma’rifat nazariyasi” kabi asarlarning muallifi sanaladi.

Tadbir “Zoom” videodasturi orqali o‘tkaziladi.

Seminarga ulanish kodi: 830 9751 9299.

kod: 074553.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish