Akademiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida, ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov samimiy qabul uchun Akademiya rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi toʻgʻrisida va uning faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi.
Qobuljon Sobirov Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi markazini tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida vujudga kelgani hamda tashkil etilganiga 23 yil boʻlgan ShHT tashkilotiga hozirgi kunda 9 ta davlat aʼzo boʻlgani, ulardan 6 tasida xalq diplomatiyasi markazi turli nomlar bilan faoliyat yuritib kelayotgani xususida toʻxtaldi.
Shundan soʻng Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov Akademiyaning bugungi kunda 40 dan ziyod xorijiy universitet va ilmiy markazlar bilan oʻzaro Anglashuv memorandumlari mavjudligi hamda ularning katta qismi ShHT tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlarda joylashganini ta’kidladi.
Xalqaro tashkilotlarning Akademiyada kafedralari mavjudligi, xususan, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO”, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA”, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” va “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedralari toʻgʻrisida ma’lumot berdi.
Akademiya talabalarini siyosiy va diplomatik ongini yuksaltirish uchun har hafta tahliliy davra suhbati tashkil etilayotganini, shu oʻrinda, markaz bilan hamkorlikda Akademiyada “ShHT doʻstlik xonasi”ni tashkil etishni taklif qildi.
Yakunda ikki tomon bir-birlariga esdalik sovgʻasi topshirdi hamda markaz direktori koʻrsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish