174

Turizm – fan – ta‘lim: hamkorlik va rejalar

Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni. So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning “o‘sish nuqtalaridan” biriga aylandi. U turizmga aloqador boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun drayver bo‘lib, yuqori multiplikativ ta’siri bilan daromadlarning ortishiga xizmat qiladi. Turizm O‘zbekiston sharoitida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash ham muhim omil hisoblanadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, mazkur kelishuv doirasida loyihalarning borishi va istiqboldagi rejalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Turizm qo‘mitasi raisi U.Shodiyev boshchiligida qo‘mita a’zolari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, akademik N.Tuxliyev boshchiligida O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Z.Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani H.Sadibaqosev, Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmni kafedrasi mudiri prof. O.Asatanakulov, katta o‘qituvchi U.Jiyanovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida respublikada ziyorat turizmini rivojlantirish, turistlar oqimini oshirish yuzasidan dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Jumladan: 

  • ziyorat obyektlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, xususan, gid-tarjimonlarni malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilish;
  • ziyorat turizmiga oid yangi innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish;
  • ziyoratchilar uchun “Umra” tadbirlariga oid tushunchalar beruvchi targ‘ibot materiallarini yaratish borasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
  • ziyorat turizmi yo‘nalishida malakali kadrlarni tayyorlash, ularning malakaviy amaliyotlarini turizm obyektlarida tashkil etish;
  • sohada kadrlar tayyorlash bo‘yicha yaratilgan mavjud malaka talablari va o‘quv rejalarini xalqaro tajribalardan kelib chiqib takomillashtirish;
  • ziyorat turizmi yo‘nalishida milliy va xalqaro darajada qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Izoh qoldirish